Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Putin koronavirusga qarshi vaksinani qizi o‘zida sinab ko‘rganini ma’lum qildi (video)
11.08.2020 14:57,  
796

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun hukumat majlisida koronavirusga qarshi vaksina rasman ro‘yxatga olinganini e’lon qildi. Bu dunyoda birinchi vaksina hisoblanadi.

Putin ushbu vaksinani uning qizi o‘zida sinab ko‘rganini aytib o‘tdi:

"Birinchi emlashda uning tana harorati 38°C edi. Ertasi kuni esa 37°C ga tushdi. Va tamom. Ikkinchi emlashdan keyin harorat ham biroz ko‘tarildi, ammo keyin hammasi yaxshi bo‘ldi ", dedi u.

Sog‘liqni saqlash vaziri Murashko vaksinani «xavfsiz va yuqori samarali», deb ta’kidladi. Vaksina inson immunitetini barqarorlashtirishda xizmat qiladi. Rejaga muvofiq birinchi bo‘lib shifokorlar va o‘qituvchilar emlanadi, shundan so‘ng 2021 yil 1 yanvardan fuqarolik muomalasiga kiritiladi.

Avvalroq OAV Putinning to‘ng‘ich qizi Mariya shifokor ekanligini, u bolalar endokrinologiyasi sohasida izlanishlar olib borgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан