Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Putinning tarjimonlari prezidentning kutilmagan iboralari haqida gapirishdi
17.02.2020 11:34,  
1021

16 fevral yakshanba kuni "Rossiya" telekanalidagi "Moskva. Kreml. Putin" dasturida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan ishlatiladigan so‘z o‘yinlari va tarjima qilib bo‘lmaydigan iboralarning tarjima qilishda, tarjimonlarga haqiqiy professional vazifa bo‘lib qolmoqda, deb aytib o‘tildi. 

Suhbatda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining lingvistik ta’minoti bo‘limining maslahatchisi Aleksey Sodiqov uni dovdiratgan iboraning misolini keltirdi.

"U (Putin.-Tahr): "Biz oyoqlarimizni qiyshiq qilib hayron bo‘lib turmaymiz" (Mi ne budem stoyat vraskoryaku) dedi. 

Men o‘shanda endi ish boshlagan tarjimon edim. Reportajni keyin televizordan ko‘rib o‘yladim: "Xudoga shukur, men uni tarjima qilishim shart bo‘lmagan ekan. 10 yil oldin, bu kabilar menga juda murakkab bo‘lardi, hozir ham oson bo‘lmayapti", dedi u.

Tilshunosning ta’kidlashicha, prezident ba’zida shunday iboralarni ishlatadiki, tilshunoslar dovdirab gapira olmaydi. Bunga misol sifatida 2017 yildagi Sankt-Peterburg iqtisodiy forumini keltirish mumkin. Putin yig‘ilganlarni hazil bilan kutib olib, ularga "Erkin!" (Volno!) degan.

Bu mutlaqo kutilmagan lahzadir. Hech kim buni kutmagan edi. Yarim soniya ichida menda to‘g‘ri variant paydo bo‘ldi. Keyin men lug‘at bilan tekshirib solishtirdim. Bu shunchaki tarjimonning taxmini edi. Chunki men bu atamani o‘shanda eslay olmagandim, dedi Sodiqov.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi uchinchi kotibining so‘zlariga ko‘ra, tarjimonlar hamjamiyati Putining "Donbass aravani bo‘sh olib qochmaydi" (Donbass porojnyak ne gonit!) iborasini, "Donbass safsatani gapirmaydi" iborasiga tarjima qilishganini esga oldi.

2019 yil aprel oyida Rossiya rahbari Putin Shvetsiya Bosh vaziri Stefan Lyoven bilan uchrashuv chog‘ida, mamlakat iqtisodiyotiga bizning shved do‘stlarimiz tomonidan taxminan 5 milliard atrofida sarmoyalar kiritilganligini ta’kidladi. Tarjimon esa "do‘stlar" so‘zini "sheriklar" bilan almashtirdi.

"Men do‘stlar desam bu bandit esa oddiy sheriklar deb tarjima qildi", - deb hazillashgandi Putin.

Prezidentning tanbehidan so‘ng, tarjimon "do‘stlar" so‘zi bilan iborani takrorladi. Shu o‘rinda Putin hozirda 500 dan ortiq shved kompaniyalari Rossiyada ishlamoqda va Moskva ularni "do‘stlar kabi" ko‘rayotganini qo‘shimcha qilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан