Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Qamchiq» maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasiga masofadan boshqariladigan robot topshirildi
2.09.2020 17:11,  
164

O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga zamonaviy rusumdagi masofadan turib boshqariladigan maxsus qidiruv, avariya-qutqaruv mashinalarini ishlab chiqaruvchi «BROOK» kompaniyasining «BROOK 170» rusumli roboti topshirildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

«BROOK» robototexnikasi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida qutqaruvchilar tomonidan osonlikcha ishlatiladi. Ushbu texnika xavfli materiallar bilan ish olib boriladigan qurilish, metallurgiya, sement, atom va kimyo sanoatida ham keng qo‘llaniladi.

"Shu jumladan, ushbu texnika favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf qilishda o‘ziga xos qulayliklarga ega bo‘lib, qutqaruvchilarning ishini ancha yengillatadi.

Qutqaruvchilar tomonidan mazkur avariya-qutqaruv mashinasini boshqarish va zarur hollarda qo‘llash bo‘yicha amaliy o‘quv kurslari tashkil etildi" - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан