Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qamoqdan qochib ketgan o‘ta xavfli o‘zbekistonlik jinoyatchi Qirg‘izistonda ushlandi
1.10.2019 19:13,  
1421

Qirg‘izistonning Batkent viloyati Qadamjoy tumanida muqaddam vatanida qotillik va nomusga tegish jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Batkent viloyati IIB matbuot kotibi Damira Yusupova xabar qilmoqda.

Batkent viloyati IIB matbuot kotibining so‘zlariga qaraganda, erkak Toshkentda qilgan jinoyatlari uchun mahkum qilingan, biroq 2010 yilda qamoqxonadan qochib ketib, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlaridan yashirinib yurgan. 2016 yilda qirg‘iz chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, Qizil-Qiya shahri va Qadamjoy tumanida yashirinib yurgan. U oila qurishga va ismini o‘zgartirishga ulgurgan.

Yusupova 36 yoshli o‘zbekistonlikni Qizil-Qiya militsiya xodimlari qo‘lga olishganini ta’kidlagan. Tergov jarayonida uning haqiqiy ismi oshkor bo‘lgan. Ish materiallari Qirg‘iziston Respublikasi milliy xavfsizlik qo‘mitasiga topshirilgan.

“Qo‘lga olingan shaxs ustidan bir necha mahalliy aholi tomonidan shikoyat kelib tushgan. Ular erkak ularni 300 ming somga (4311 dollar) aldaganini ma’lum qilishmoqda. Hozir surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, - degan Batkent viloyati IIB matbuot kotibi Damira Yusupova

Shuningdek, u qo‘lga olingan shaxs hozircha O‘zbekistonga topshirilmaganini qo‘shimcha qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан