Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston AES qurish rejasidan voz kechdi
11.06.2019 10:37,  
4

Qozog‘istonda atom elektrostansiyasini qurish hozircha rejalashtirilmayapti, bu haqda yangi saylangan prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Akorda o‘tkazilgan matbuot anjumanda ma’lum qildi.

“Hozircha atom elektrostansiyani qurish rejalashtirilmayapti. Agar kerak bo‘lsa, biz albatta bu masalani xalq bilan muhokama qilamiz. Kerak bo‘lsa referendum o‘tkazamiz”, - dedi To‘qayev.

Aprel boshida Putin Rossiya-Qozog‘iston muzokaralar yakuni bo‘yicha Rossiya Qozog‘istonga atom elektrostansiyani qurish taklif qilganini ma’lum qilgandi.

O‘sha vaqtda Qozog‘iston energetika vazir o‘rinbosari Magzum Mirzagaliyev AES qurish uchun Olma-ota viloyati Ulken qishlog‘ida tahminiy maydon belgilanganligini jurnalistlarga aytgandi.

Aprel oyi oxirida Tokayev Qozog‘istonda AES qurish haqida qaror aholining ko‘pchilik fikrini olmasdan  amalga oshirilmasligini ta’kidlab o‘tgandi.

Qozog‘iston o‘zida atom energetikasidan foydalanish tajribasiga ega. 1973 yilda Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘og‘ida Shevchenko (hozirgi Aktau) shahrida dunyoda birinchi energoblok ishga tushirilgandi. Bu energoblok 1998 yilgacha – loyiha muddatidan 5 yil ko‘p ishladi.   

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан