Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston janubida benzin ortilgan poyezd relsdan chiqib ketdi
30.06.2020 14:48,  
137

Qozog‘istonning Jambil viloyatida benzin hamda yuk ortilgan poyezd platformasi relsdan chiqib ketdi va natijada yong‘in kelib chiqdi.

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining rasmiy vakili Nursulton Nurahmedovning so‘zlariga ko‘ra, Shokpar stansiyasiga kirib kelayotgan ikkita vagon yonboshga qulab tushgan.

Hodisa natijasida neft mahsulotlari yerga to‘kilgan va quyosh nuri ta’sirida qizigach, umumiy maydoni 600 kv. m. bo‘lgan yong‘in kelib chiqqan.

Hozirda alanga o‘chirilgan. 

Vagon qulashi sababli 10 ta yo‘lovchi poyezdining harakatida kechikishi yuz berdi.

Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q, deya ta’kidladi Nurahmetov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан