Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda Rossiya va Qirg‘izistondan qaytganlarda koronavirus aniqlandi
25.03.2020 15:28,  
538

25 mart, chorshanba kuni Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 79 kishiga yetdi.

Mamlakatning ikkita asosiy shahri - Nur-Sulton hamda Olmaota yopilganiga qaramay, virus tarqalish holati ortib bormoqda.

Eng oxirgi holatlar Chimkent shahrida, Jambil viloyatida hamda mamlakatning Rossiya bilan chegaradosh Shimoliy Qozog‘iston viloyatida qayd etildi.

Virusni yuqtirib olganlardan biri qo‘shni Qirg‘izistondan kelgan. Yana biri esa Rossiyaning Omsk shahridan qaytib kelgan.

O‘tgan hafta Qozog‘istonda favqulodda holat e’lon qilindi va mamlakat chegaralari yopildi.

Chegaralar yopilishi mamlakat fuqarolarining chet eldan qaytib kelishiga ta’sir qilmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан