Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston sharqidagi yong‘in uch kun deganda o‘chirildi
25.04.2020 22:55,  
242

Qozog‘iston sharqidagi maxsus qo‘riqlanadigan tabiat zonasidagi o‘rmon yong‘inlari 3 kun deganda o‘chirildi. Bu haqda Qozog‘iston IIV favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Nursulton Nurahmedov ma’lum qildi.

Yong‘in 2,5 ming gektar yerni qamrab olgan.

23 aprel kuni Sharqiy Qozog‘iston viloyati Bezkaragay tumanidagi "Yetti o‘rmon" davlat qo‘riqxonasi hududidagi archalar yona boshlagan.

Dastlab yong‘inni o‘chirishga 73 xodim va ikkita vertolyot jalb qilingan.

Juma kuni 2000 gektarga yaqin yer yonib bo‘lgan edi. 300 dan ortiq kishi o‘tni o‘chirish bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Umuman olganda, 400 dan ortiq xizmatchilar hamda 100 ga yaqin texnika yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан