Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonlik ulamo Ma’murjon domla ozodlikka chiqdi
18.08.2020 11:06,  
798

Imom-noib sifatida qilgan ma’ruzalar va darslari bilan o‘zbekzabon internetda mashhur bo‘lgan Qozog‘istonning Sayram tumanidan Ma’murjon Xaytmetov ozodlikka chiqdi.

BBS O‘zbek xizmatining ma’lum qilishicha, 12 avgust kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Sayram tumani sudi Ma’murjon Xaytmetovga ikki yil shartli qamoq jazosi belgiladi. Onlayn ravishda bo‘lgan mahkama jarayoni yakunlangach, ulamo ozod bo‘lib yaqinlari bilan uyiga ketgan.

Qozog‘istonlik Ma’murjon domla «diniy adovat qo‘zg‘ash aybi» bilan hibsga olindi (video)

Ma’murjon Xaytmetov o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni qisman tan olgan.

Xaytmetov 17 iyun kuni Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) tomonidan hibsga olingandi.

Ulamoga bundan 6 yil oldin nasroniylar dini haqida qilgan ma’ruzasi bo‘yicha, «diniy adovat qo‘zg‘ash» aybi qo‘yilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан