Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Respublika bo‘ylab «Agrobank» mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan
29.12.2018 19:08,  
49

«Agrobank» ATBning bir qancha filiallari mansabdor shaxslariga nisbatan «bir guruh shaxslar tomonidan mansab mavqeini suiste’mol qilish va oldindan til biriktirib Agrobank mulkini rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish» bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda, deb yozadi blogger Mirzo Subxanov.

Bank filiallaridagi kamomadning paydo bo‘lishiga Vazirlar Mahkamasining «Respublikada xorij tajribasi asosida achchiq qalampir yetishtirishni ko‘paytirish» to‘g‘risidagi qarori sabab bo‘lgan. Hukumat qarorini ijro etish uchun «Agrobank» filiallari xodimlari fermer xo‘jaliklarga achchiq qalampir ko‘chatlarini sotib olish uchun majburan kreditlar ajratishgan. Fermerlarga majburan kredit ajratish filial xodimlarining o‘z tashabbusi bilan emas, balki «Agrobank» Bosh bankining buyrug‘i bilan amalga oshirilganligiga ham alohida e’tibor qaratish zarur.

Fermerlarga kredit ajratish paytida bank xodimlari Markaziy bank tomonidan kredit ajratish uchun belgilangan talablarni qo‘pol ravishda buzgan
bo‘lishi mumkin. Xususan, kreditlar bo‘yicha likvid garov ta’minotlari va kreditni qaytarish bo‘yicha aniq biznes rejalar mavjud bo‘lmagan. Ba’zi fermerlarga kredit rasmiylashtirilganligini fermerlarning o‘zlari oradan ikki oy o‘tib qalampir ko‘chat yetqazilgan paytda xabardor bo‘lishgan. Kredit shartnomasi bo‘yicha majburiy yetqazilgan qalampir ko‘chatlarni ekish uchun aksariyat fermerlarning bo‘sh yer maydonlari mavjud bo‘lmagan va natijada ko‘chatlar uch kun ichida chirib nobud bo‘lib ketgan.

«Agrobank» xodimlarining fermerlarga majburiy tarzda va likvid garovsiz kreditlar ajratish holatlari oldin ham kuzatilgan. Kredit ajratish paytida garov mavjud bo‘lmaganligi uchun bank o‘zining ba’zi mijozlari qarzdorliklarini sud orkali emas balki prokuratura orqali undirayotganidan taajjubdamiz.

Bankning kredit shartnoma bo‘yicha qarzdor fermerlarning ustidan sudga murojaat etmasdan prokuraturaga murojaat etayotganligi holatlarini O‘zbekiston respublikasi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari», «Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi» va «Bank siri» to‘g‘risidagi qonunlarining buzilishi bilan bog‘lash mumkin.   

«Agrobank» ATB xodimlarining fermerlarga noqonuniy va majburan ajratgan kreditlarning oxir oqibat yana oddiy fermerlar bo‘ynida qolib ketmasligiga umid qilib ushbu muammoga jamoatchilik va tegishli davlat organlirining etibor qaratishiga umid bildiramiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан