Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya neft narxi $25 gacha tushib ketishiga tayyor
9.03.2020 20:51,  
639

2020 yilning 1 mart holatiga ko‘ra, Rossiya Milliy faravonlik jamg‘armasining likvid aktivlari hajmi 10,1 trln rubl (joriy kursda $149,6 mlrd.)ni tashkil etadi. Ushbu mablag‘ neft narxi $25 – $30 lik koridorda bo‘lganida 6-10 yillik zararlarni qoplashga yetadi deb yozmoqda TASS Rossiya Moliya vazirligiga tayanib.

Xabarda aytilishicha, fondning ushbu aktivlari davlatning barcha majburiyatlarini bajarish va neftning past narxlari bilan makro barqarorlikni ta’minlash kafolati hisoblanadi.

Jahon iqtisodiyotining hamda transport oqimining pasayishi energiyaga bo‘lgan talab pasayishining kutilishi Urals bahosidagi neft narxining belgilangan bazaviy darajadan tushishiga olib keldi deb hisoblaydi mamlakat moliya vazirligi.

Moskva vaqti bilan 10:00 (12:00 tshv)da Urals bahosidagi neft narxi 25 %ga arzonlagan va barreli $33,92 dan taklif etilmoqda. Rossiyaning byudjeti Urals nefti bo‘yicha narx 1 barreli uchun 42.5 dollarda balanslashadi (Farq $8.58 ni tashkil etmoqda).

Brent bahosidagi neft narxi may oyi uchun fyuchers bitimlarida barreli 31,74 dollardan taklif qilinmoqda (42.6 foizga pasaygan).

Mavzuga doir: Neft narxi bilan bog‘liq vaziyat tufayli Qozog‘istonda maxsus shatab tuzildi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан