Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya va yana yetti mamlakat BMTdan sanksiyalarni bekor qilishni so‘ramoqda
27.03.2020 08:54,  
626

Bir varakayiga sakkiz mamlakat koronavirusga qarshi kurash uchun xalaqit qilayotgan bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilish yuzasidan BMTga murojaat bilan chiqdi.

Rossiya, Xitoy, Eron, Suriya, Kuba, Nikaragua, KXDR hamda Venesuyela 25 mart kuni BMT bosh kotibi Antoniu Gutterrishga birgalikda xat yo‘lladi. Xat matni Rossiya Federatsiyasining BMTdagi vakolatxonasi tvitter sahifasida chop etildi.

"Biz siyosiy hisob-kitoblar inson hayotini saqlab qolish yo‘lida to‘g‘anoq bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Global birdamlik vaqti keldi", - deyiladi xatda.

24 mart kuni BMT bosh kotibi Antoniu Gutterrish koronavirus tarqalishi xavfi tufayli G20 mamlakatlaridan sanksiyalarni bekor qilishni so‘ragan edi. Kotibning qayd etishicha, ular dori-darmonlar, oziq-ovqatlar va boshqa birlamchi tovarlarni yetkazib berishga halal bermoqda. 

26 mart kuni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik bo‘yicha vakili Xosep Borrel G7 dagi hamkorlariga murojaat qilib, koronavirusga qarshi samali choralar muhimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron xalqiga ko‘rsatiladigan yordam ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lishi kerak. Insonparvarlik yordami va tibbiy xizmatlar sanksiya doirasidan tashqarida bo‘lishi kerak.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан