Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada harbiylar va mahbuslar tibbiy niqoblar ishlab chiqaradi
18.03.2020 17:02,  
158

Bosh vazir Mixail Mishustin harbiylar, talabalar va mahbuslarni shaxsiy himoya vositalarini ishlab chiqarishga jalb qilishni buyurdi. Sanoat va savdo, Mudofaa, Ta’lim vazirliklari, Federal gvardiya va Federal Jazoni ijro etish xizmatiga buning uchun sharoit yaratib berish topshirildi deb xabar beradi RBK.

Mart oyining boshidan beri mamlakatda tibbiy niqoblar, antiseptiklar va boshqa shaxsiy himoya vositalari yetishmayapti. Hukumat hatto ularning mamlakatdan olib chiqilishini vaqtincha taqiqlab qo‘ydi. Chakana savdo korxonalari don, konserva va hojatxona qog‘ozlariga talabning oshishi haqida ham gapirishmoqda.

Alohida, RBK iqtibos keltirgan hujjatda saylov komissiyalari a’zolariga tibbiy niqob berilishi kerakligi aytilgan. Rossiyada koronavirus tarqalishi ortib borayotganiga qaramay, 17 mart kuni Vladimir Putin 22 aprelda konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha butun Rossiya bo‘ylab referendum o‘tkazilishi to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Mishustin Adliya vazirligiga favqulodda vaziyatlar tahdidi holatida o‘zini tutish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi loyihani ishlab chiqishni buyurdi. Federal qo‘riqlash xizmati zimmasiga hukumatdagi barcha uchrashuvlarni videokonferensiya orqali o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqish vazifasi yuklatilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан