Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada maktab o‘quvchilari o‘zbekistonlikka yo‘qotgan 220 ming rubl pulini topib berishdi
29.04.2019 14:54,  
7

Rossiyaning Salexard shahrida O‘zbekiston fuqarosiga yo‘qotgan pulini topib berishda yordam bergan maktab o‘quvchilari taqdirlandi. Bu haqda Rossiyaning Yamal-Nenets avtonom okrugi IIVB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Gimnaziya o‘quvchilari mashg‘ulotlardan qaytayotgan vaqtda ko‘chada unutib qoldirilgan paketni topib olishadi. Paket ichida O‘zbekiston fuqarosi pasporti, boshqa hujjatlar va ichida ko‘p miqdorda puli bo‘lgan hamyon bo‘lgan. Ikki o‘smir ushbu topilmani zudlik bilan politsiya bo‘limiga olib borishadi.

Xabarda qayd etilishicha, paket ichidagi barcha hujjat va pullar bilan egasiga allaqachon qaytarilgan. O‘zbekiston fuqarosiga hujjat va pullarini qaytarishda yordam bergan bolalarga minnatdorchilik izhor etilgan va ularga IIBBning qimmatbaho sovg‘alari topshirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан