Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada o‘n minglab odamlar sobiq hokimlarini qo‘llab-quvvatlash uchun miting uyushtirmoqda
18.07.2020 19:53,  
223

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida bir necha kundan beri sobiq gubernator Sergey Furgalni qo‘llab-quvvatlashga uchun tinch norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda. Bu safargi miting qatnashchilari soni bo‘yicha rekordni yangiladi. «Kommersant» nashri xabariga ko‘ra, 50 ming odam norozilik namoyishida qatnashdi. Xabarovsk meriyasi qatnashchilar sonini 10 mingga yaqin deb baholadi.

Aksiya davom etmoqda va odamlar uzoq vaqt davomida unda ishtirok etishga tayyor. "Biz kechasi qolishimiz kerak va qolamiz", - deb aytdi Kommersant bilan gapalashgan uch namoyishchi. Shu bilan birga, namoyishchilar politsiya bilan ixtilofga borishmagan. Huquqni muhofaza qilish xodimlari olomonga hamrohlik qilmoqda va kuzatmoqda. Politsiyada qurol mavjud emas.

Miting viloyat hokimligi binosi oldida o‘tkazilmoqda. Ko‘plab namoyishchilar o‘zlarining futbolkalari va bayroqlarida Sergey Furgalni qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar bilan chiqishgan. Miting ishtirokchilari Furgal sud majlisi ochiq va Xabarovskda o‘tkazilishini, adolatli tergovni talab qilishmoqda.

Birinchi norozilik namoyishi 11 iyulda bo‘lgan edi. IIVning hisob-kitobiga ko‘ra, o‘sha vaqtda 10-12 ming kishi qatnashgan edi.

Gubernatorni qo‘llab-quvvatlash uchun Komsomolsk-Amurda, Xabarovsk bilan birdamlikni namoyish etish uchun Vladivostokda ham namoyishlar o‘tkazilmoqda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан