Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada Telegram'ni bloklashni man qiladigan qonun ishlab chiqilmoqda
23.04.2020 13:29,  
163

Rossiya Davlat dumasining «Adolatli Rossiya» fraksiyasi deputatlari Dmitriy Ionin va Fedot Tumusov Rossiya Federatsiyasi hukumatiga favqulodda vaziyatlar yoki yuqori ogohlantirish paytida ma’lumot tarqatish uchun «rasmiy xizmatlar» bo‘lgan manbalarni (xususan, Telegram messenjerini) bloklashni taqiqlovchi qonun loyihasini yuborishdi deb xabar qiladi TASS agentligi.

«Ha, biz bugun hukumatga xulosa qilish uchun yubordik», - deb tasdiqladi Ionin. Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, deputatlar aloqa vazirligi qo‘llab-quvvatlagan taqdirdagina qonun loyihasini Davlat Dumasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadilar.

«[Давлат Думасининг] tegishli qo‘mitasi bilan maslahatlashuvlar bo‘lmadi, biz hozirda Aloqa va ommaviy axborot vositalari vazirligi bilan suhbatlashmoqdamiz, shuning uchun u yerga qonun loyihasi yuborildi. Aloqa vazirligi xulosasini bermaguncha, biz uni Davlat Dumasiga topshirmaymiz. Agar hukumat qo‘llab-quvvatlamasa, 99,9% ehtimollik bilan qonun loyihasi Davlat Dumasi tomonidan qabul qilinmaydi. Bu o‘rnatilgan amaliyot», - deya tushuntirdi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан