Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada dush, shaxsiy seyf va dam olish xonalari bor yangi platskart vagonlar namoyish qilindi (foto)
28.11.2019 16:44,  
590

Rossiya federal yo‘lovchi tashish kompaniyasi yangi turdagi vagonlarning 3 xil turdagi loyihasini taqdim qildi, deb yozmoqda lenta.ru.

Foto: Rossiya federal yo‘lovchi tashish kompaniyasi

Birinchi konsepsiya hozirgi vagonlardan biroz farq qiladi. Masalan, ikkita pastki bo‘lma (polka)lar tepasida bitta yuqori bo‘lma hamda stol mavjud. Biroq yon o‘rindiq yo‘lovchilari uchun bunday qulayliklar bo‘lmaydi.

Foto: Rossiya federal yo‘lovchi tashish kompaniyasi
Foto: Rossiya federal yo‘lovchi tashish kompaniyasi

Ikkinchi variant qisman yakka tartibdagi sayyohlarga mo‘ljallangan kapsulali mehmonxonalarni eslatadi. Bo‘lmalar uzunligi hozirgisidan 20 sm.ga uzunroq bo‘ladi.

Foto: Rossiya federal yo‘lovchi tashish kompaniyasi
Foto: Rossiya federal yo‘lovchi tashish kompaniyasi

Uchinchi loyiha ham kapsulali ko‘rinishda bo‘ladi. Yuqori va pastki qavatlar 10 santimetrga uzaytiriladi.

Foto: Rossiya federal yo‘lovchi tashish kompaniyasi
Foto: Rossiya federal yo‘lovchi tashish kompaniyasi

Bundan tashqari, yo‘lovchilarga personal xizmat ko‘rsatish uchun individual rozetka va havo harorati sozlagichlari (regulyatori) o‘rnatiladi. Shuningdek, bepul xizmat ko‘rsatiladigan ichimlik suvlari va dushlar, shaxsiy seyflar va dam olish xonalari ham vagon ichida bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан