Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada yuz bergan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
4.07.2019 12:38,  
2

30 iyun kuni Rossiyaning Vladivostok shahrida yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi O.R. vafot etdi.

O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, u Primore o‘lkasida 2018 yil may oyidan buyon qonuniy ravishda yashab va ishlab kelgan.

Ayni paytda Bosh konsulxona konsullik-huquqiy masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda Agentlik huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan fuqaroning jasadini vatanga olib kelish masalasi bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirgan va Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o‘lkasi, Magadan viloyati, Primore o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан