Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hojatxonalarni yuvishdan bosh tortgan askar xizmatning ikkinchi kunida vafot etdi
3.12.2019 19:28,  
13143

Rossiyaning Belgorod shahridagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan stavropollik askar xizmatning ikkinchi kunida vafot yetdi. Bu haqda Lenta.Ru nashri xabar bermoqda.

Baxtiz hodisa 29 noyabr kuni sodir bo‘lgan.

Vafot yetgan askarning onasining so‘zlariga ko‘ra, 28 noyabr kuni 19 yoshli o‘g‘li Belgoroddan kazarmaga yetib kelgan. O‘sha kuni u uyiga o‘zini hojatxona tozalashga majburlashgani, biroq bundan bosh tortgani haqida maktub yuboradi. Kechqurun esa yigitcha "ziddiyat kelib chiqqani va uni gaplashib olish uchun" chaqirishganini ovozli xabar qilib jo‘natadi.

29 noyabr kuni askarning uyidagilarga qo‘ng‘iroq qilgan boshlig‘i uning o‘lganini aytadi. Harbiyning so‘zlariga ko‘ra, u tonggi mashg‘ulotlar paytida o‘zini noqulay his qilgan. Tez yordam brigadasi chaqirilgan, biroq ular hech narsa qila olmagan.

Nashrning aytishicha, hozirda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Sobiq Ittifoq davrida harbiy xizmatda norasmiy "dedovshina" tartibi bo‘lgan. Bunga ko‘ra xizmatga oldinroq kelganlar keyinroq kelganlarni turli xil bema’ni buyruqlar, o‘zining o‘rniga hojatxonani tozalatish, oyoq kiyimini yuvib qo‘yish kabi ishlar bilan nafsoniyatiga tekkan. Oqibatda ikki tomon o‘rtasida janjal kelib chiqqan, ba’zida bunday janjallar kimningdir o‘limi bilan ham tugagan. Ittifoq tarqalib ketganidan keyin ba’zi sobiq sovet mamlakatlari armiyalarida mana shu tartib saqlanib qolgani haqida gapirishadi. Yuqoridagi voqea ham ayni shu tartib natijasi bo‘lishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан