Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyaning «Alrosa» kompaniyasi xodimi 500 ta olmos o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi
11.06.2019 10:34,  
15

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari “Alrosa” kompaniyasidan yuzlab olmos va brilliantlarni o‘g‘irlagan bandani qo‘lgan oldi. Bu haqida RT xabari bermoqda.

Xabarda aytilishiga qaraganda “Alrosa” kompaniyasi xodimi Yelena Kanunnikova, ushbu qimmatbaho toshlarni kompaniya binosidan olib chiqib ketish vaqtida qo‘lga olingan.

Jinoiy guruhga uch kishi a’zo bo‘lgan. Uning sheriklari - Vladimir Tabidze va Vladimir Gordinskiylar  esa olmoslarni sotish bilan shug‘ullangan.

Qo‘lga olingan fuqarolar yonidan narxi 22 million rubl bo‘lgan olmoslar topilgan. Jinoyatchilarning uyidan esa 500 dan ortiq ishlov berilmagan olmoslar, 11 ta brilliant topilgan. Undan tashqari 2 million dollardan ortiq naqd pul borligi aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, "Alrosa" — Rossiyaning eng yirik qimmatbaho toshlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasidir. Alrosa dunyodagi barcha olmoslarning 26 %ni qazib oladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан