Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada uchta samolyot minalashtirilgani haqida anonim ma’lumot oldi
5.03.2020 15:31,  
248

Birinchi ma’lumotni Sankt-Peterburgdan Simferopolga uchayotgan samolyot oldi. Samolyotda bomba borligi haqida anonim xabar kelganidan so‘ng, bortida 124 yo‘lovchisi bilan shoshilinch ravishda Rostov-Na-Donu aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Sheremetevodan Omskka parvoz qilayotgan Airbus A320 samolyoti ham minalashtirilgani haqida xabar keldi. Aniqlanishicha, ushbu xabarga qaramay, samolyot ekipaji yo‘nalishni o‘zgartirmaslikka va belgilangan aeroportga qo‘nmaslikka qaror qilgan.

Xavfli xabarni olgan yana bir samolyot Sheremetevodan parvoz qilayotgan Sukhoi SuperJet-100 bo‘ldi. Bort Komi shahriga favqulodda qo‘ndi.

Umuman olganda, oxirgi payt Rossiyaning ko‘plab shaharlaridagi sud binolari, metro stansiyalari, samolyotlar, maktablar, bolalar bog‘chalari, savdo markazlari, hatto bir marta "Ostankino" televizion markazi ham "minalashtirilgan". Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, barcha anonim tahdid signallari tasdiqlanmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан