Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saudi Aramco bizni qarzdor qilgan Lukoylning loyihalari bilan qiziqdi
16.07.2019 19:16,  
18

Saudiya Arabistoni hukumatiga tegishli bo‘lgan Saudi Aramco neft kompaniyasi Lukoyl bilan O‘zbekistonda hamkorlikniyo‘lga qo‘yish istiqbollari bilan qiziqmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.

Saudiya kompaniyasi, xususan O‘zbekistonda ikkita gaz konida Lukoyl bilan hamkorlikni rivojlantirishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini o‘rganmoqda.

O‘z navbatida Lukoyl ham Saudi Aramco bilan o‘zining xalqaro loyihalari doirasida, shuningdek izlanishlar yangi texnologiyalar yaratish borasida hamkorlik qilish imkoniyatini o‘rganayotganini ma’lum qildi.

Ikki yirik kompaniya vakillari Rossiya va Saudiya Arabistonining ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasi majlisida uchrashib, o‘zaro takliflar bilan almashishdi. Muzokaralar iyun oyining boshida Moskvada bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Saudi Aramco dunyoning eng yirik neft kompaniyasidir. 2018 yil yakuni bo‘yicha kompaniya daromadi 111 milliard dollarni tashkil qildi. Ushbu ko‘rsatgich Apple, Google va ExxonMobil kompaniyalari daromadlarini qo‘shib hisoblaganda ham – ulardan ortiq.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан