Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saudiya Arabistoni neft quvuriga uchuvchisiz apparatlar hujum qildi
14.05.2019 23:27,  
5

Saudiya Arabistonidagi “Sharq – G‘arb” neft quvurining ikkita nasos stansiyasiga dronlar hujum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Saudiya energetika vaziri Xalid al-Falixga asosan.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, voqea seshanba kuni tong soat 06:00 – 6:30 orasida sodir bo‘lgan. Neft quvuriga portlovchi moddalar yuklangan dronlar hujum qilgan. Oqibatda 8 stansiyada yong‘in sodir bo‘lgan, lekin uni tezda o‘chirilgan.

Hujum uyushtirilgan neft quvuri mamlakat Sharqiy hududidan G‘arbiy qismida joylashgan portlarga xom-ashyo yetkazib beradi.

Saudiya Arabistoni hukumatiga qarashli bo‘lgan Aramco neft kompaniyasi ushbu hujumni “qo‘rqoqlarcha malga oshirilgan terakt va diversiya” deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, shiya qo‘zg‘olonchilariga qarashli bo‘lgan "Ansar Alla" guruhi bugun ertalab Saudiya Arabistoni hududida bir necha ob’yektlarga hujum uyushtirishni rejalashtirayotganini xabar qilgan edi. Ulan Yaman hududidan turib Saudiyaning muhim infratuzilma ob’yektlariga zarba berishni rejalashtirgan. Ular aytishiga qaraganda, hujumlar Saudiya “zo‘ravonlik va blokadani bas qilmaguniga” qadar davom etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан