Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Shahrisabz yulduzi" mehmonxonasi 6,6 mlrd. so‘mga sotildi
5.06.2020 12:26,  
1086

E-ijro Auksion portalida "Shahrisabz yulduzi" mehmonxonasining kim oshdi savdosi yakunlandi. Boshlang‘ich narxi 6,5 milliard so‘m bo‘lgan mehmonxona 6,6 milliard so‘m taklif etgan "ASADBEK - KESh" MChJga sotildi. Kompaniya yagona talabgor edi, shuning uchun savdolar atigi 10 daqiqa davom etdi.

"Shahrisabz yulduzi" 2019 yil yanvarida sotuvga qo‘yilgan edi. O‘shanda mehmonxonaning boshlang‘ich narxi 13 milliard so‘m qilib belgilangan.

"Shahrisabz yulduzi" - Shahrisabz shahridagi uch yulduzli mehmonxona. 2010 yilda qurilgan. Umumiy maydoni - 9330 m². O‘rnatilgan maydoni - 1661 m². 2018 yil 1 oktyabr holatiga sof daromadi 569 mln. so‘mni tashkil etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан