Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi
5.03.2020 18:48,  
172

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 mart kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.

Ma’lum qilinishicha, yangi investitsiyalar hajmi 1,1 milliard dollarga yetib, energetika, issiqlik va suv ta’minoti, kommunikatsiyalar, yo‘l va uy-joy qurilishiga yo‘naltirilgan.

Ayni paytda, YeTTB kiritgan sarmoyaning uchdan bir qismi xususiy sektor tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilmoqda.

Foto: president.uz

Xabarda aytilishicha, Toshkentdagi vakolatxonadan tashqari bank Andijonda o‘z ofisini ochdi, joriy yilning oxirigacha Urganchda ham ochishni rejalashtirmoqda.

YeTTB prezidenti ushbu yetakchi xalqaro moliyaviy tashkilot O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturiga har tomonlama ko‘maklashishni davom ettirish hamda sheriklik ko‘lamini tubdan kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан