Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev MGIMO rektorini orden bilan mukofotladi
26.08.2020 10:26,  
133

Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti rektori “Torkunov Anatoliy Vasilevichni O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, gumanitar sohadagi ko‘p yillik samarali hamkorlikni hamda akademik va ilmiy-ta’lim almashuvlar bo‘yicha uzoq muddatli dasturlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashdagi shaxsiy hissasi, shuningdek, xalqaro munosabatlar va iqtisodiyot sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi bevosita ishtiroki uchun Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti rektori Torkunov Anatoliy Vasilevich O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin” - deyiladi farmon matnida.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yildan Toshkentda MGIMOning filiali rasman ochilib o‘z faoliyatini boshlagan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан