Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Texnoparkdagi loyihalar bilan tanishdi (foto jamlanma)
28.02.2020 15:03,  
353

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 fevral kuni Yashnobod tumanidagi Texnoparkka tashrif buyurdi. Avvalroq, Toshkent mexanika zavodining ulkan hududi va binolaridan samarali foydalanish maqsadida Texnopark tashkil etilgan edi. Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 28 iyunda bu yerga kelib, loyihalar taqdimoti bilan tanishgandi.

Foto: president.uz

Texnoparkda 2020-2021 yillarda umumiy qiymati 393 million dollardan ziyod bo‘lgan 15 ta korxonani ishga tushirish mo‘ljallangan. Ularda kir yuvish mashinalari, oshxona plitalari, sovutkich va muzlatkichlar, sanoat konditsionerlari, lift va eskalatorlar, elektr texnikasi mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Foto: president.uz

Bu yerda zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari mavjud. Tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida logistika markazi tashkil etiladi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi 35-40 foiz bo‘ladi. Shuningdek, yiliga 186 million dollarlik eksport qilish rejalashtirilgan.

Foto: president.uz

Prezidentimiz Texnopark hududida ishga tushirilgan ilk loyiha – elektron gaz hisoblagichlar korxonasi faoliyati bilan tanishdi, mahsulotlar namunalarini ko‘zdan kechirdi.

50 million dollar investitsiya hisobiga tashkil etilgan korxonada yiliga 3 million dona elektron gaz hisoblagichlar tayyorlanadi. Bu “aqlli” hisoblagichlarga sim-karta o‘rnatilgan bo‘lib, ishlatilgan tabiiy gaz hajmi haqidagi ma’lumotni onlayn rejimda markaziy serverga uzatadi. Shu tariqa hisoblashda billing tizimi joriy etiladi va inson omili qisqaradi.

Foto: president.uz

Ushbu hisoblagichlar xavfsizlik jihatidan ham qulay. Ularga o‘rnatilgan me’yor uskunasi ortiqcha gaz bosimini pasaytirib, bir xilda yetkazib beradi. Bu orqali aholi xonadonlari va inshootlarda yong‘in yoki boshqa ko‘ngilsiz holatlarning oldi olinadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 3,5 million dona elektron gaz hisoblagichga ehtiyoj mavjud. Korxona ushbu ehtiyojni bir yilda qoplab, kelgusi yildan 7,7 million dollarlik mahsulotni eksport qilish quvvatiga ega. Buning uchun korxona hamkori Italiyaning “Petro Fiorentini” kompaniyasi bilan tegishli shartnoma tuzilgan.

Foto: president.uz

Davlat rahbari korxona faqat sotish bilan cheklanib qolmay, hisoblagichlarni o‘rnatishdan tortib xizmat ko‘rsatishgacha mas’ul bo‘lishi, ekspluatatsiyaga javob berishi kerakligini ta’kidladi.

- Har bir ishlab chiqarishga kirishishdan oldin standartni o‘ylash kerak. Malakali servis uchun ham, eksport uchun ham standart zarur. Afsuski, biz bu sohada dunyodan ancha ortda qoldik. Joylarda standart kafolatini ta’minlaydigan kadrlar juda kam. Shuning uchun mana shunday sanoat korxonalarining o‘zida servis bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish kerak, — dedi Prezident.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан