Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shayx hazratlari nega O‘zbekistondan chiqib ketishga majbur bo‘lgan edi?
4.07.2020 12:37,  
11641

Movarounnahr hududida islom olamida mashhur, ilm ahli hurmat qilgan ko‘plab ulamolar yetishib chiqqan. Ulardan biri biz bilan zamondosh shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufdir hazratlaridir.

Shayx hazratlari O‘zbekistonda siyosiy notinch davrlarda din peshvolari qatorida edi. Bu inson SSSR Oliy Kengashining xalq deputati, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi raisi – muftiysi, mustaqil O‘zbekistonning birinchi muftiysi bo‘lgan. Ularning islom ilmiga baxshida umr yo‘llari past-balandliklar, turli diniy g‘avg‘olar ichra o‘tgan.

Hazratning ibratli asarlarini bilamiz, lekin qiyinchilikda, Vatandan yiroqda o‘tgan kunlaridan hamma ham xabardor emas. Shayxning o‘z yurtini tashlab ketishiga sabab bo‘lgan voqealar shu vaqtgacha keng ommaga ochiqlanmagan va islom ilmi ahli mazkur voqealarga oydinlik kiritishni ep bilmagan edi.

O‘zA muxbiri Anora Sodiqova shayx hazratlarining farzandlari Ismoil Muhammad Sodiq bilan 1993 yilda hazratning muftiylikdan iste’foga chiqib, O‘zbekistonni tark etishi, hijratdagi hayoti, yurtga qaytish sabablari, hayotiy tamoyillari haqida suhbatlashdi.

"Ismoil Muhammad Sodiq o‘sha davrlarda otasining O‘zbekistonni tark etishlariga majbur qilgan sababni ularning hayotlariga tahdid bo‘lganida, deb ko‘radi hamda Tojikistonda ko‘tarilgan fuqarolar urushi bilan bog‘liq ekanligini aytadi.

Ma’lumki, 1993 yillar Tojikistonda fuqarolar urushi avjiga chiqqan pallalar edi. Bu mamlakatda Islom uyg‘onish partiyasi va yana 3 nomdagi siyosiy firqalar amaldagi hokimiyatga qarshi bosh ko‘targan. O‘zbekistonda hazrat Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni mazkur partiyani qo‘llab-quvvatlashda, moliyalashtirishda ayblashgan. Shayxni bunday tuhmatda ayblaganlar uni Birinchi Prezident bilan aloqalarini buzishni maqsad qilgan edi. Shayx hazratlari bu ig‘volarni rad etganlarida Tojikistondagi Islom uyg‘onish harakati partiyasining ishlari noo‘rin ekanligi bo‘yicha ko‘rsatma berish so‘raladi.

Shunda Shayx hazratlari, ya’ni O‘zbekiston muftiysi Tojikiston musulmonlari xatti-harakatini qoralab chiqishi, Tojikistondagi o‘zbeklarga zarar yetishini o‘ylab, bunday ko‘rsatma berishdan bosh tortadi. Oqibatda, ig‘vogarlar tashabbusi bilan diniy idora faoliyatida taftish olib boriladi, hazratning hayotlariga tahdid qilinadi. Vaziyat og‘ir tus ola boshlagach Shayx hazratlari ona-Vatanini tark etishga majbur bo‘ladi.

Shayxning O‘zbekistonni tark etish sababini uning o‘g‘li Ismoil Muhammad Sodiq quyidagicha xotirlaydi.

— Tarixni o‘rganamiz, tahlil qilamiz deymiz. Lekin, buning uchun juda ko‘p omillarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda o‘sha vaqtni ko‘rmagan, u davrda yashamagan odamlar o‘zlari ko‘rmagan narsalarini tahlil qilishlari, menimcha, noto‘g‘ri bo‘ladi. Juda ko‘p holatlar borki, guvoh bo‘lmagan inson vaziyatni aniq bilmasdan to‘g‘ri xulosaga bormasligi ehtimoli bor. Shu sababli o‘sha davrlarga baho berishda ehtiyot bo‘lish lozim.

Yillar davomida yopiq bo‘lgan davlat (Sovet Ittifoqi nazarda tutilmoqda), birdaniga oshkoralik, qaytaqurish, nisbatan so‘z erkinligiga yuz tutdi. Boshqa tizimda yashab turgan odamlar, birdaniga yangi tizimga o‘tib qoldi. Shu jumladan, musulmonlarga ham nisbatan diniy erkinlik berildi. Erkinlik orqasidan musulmonlarga yaxshiliklar ham bo‘ldi, ammo mana shu erkinlikdan o‘z maqsadi bo‘yicha foydalanmoqchi bo‘lganlar topildi. Yangi partiyalar paydo bo‘ldi, ular o‘z shiorlari bilan chiqishdi va ma’lum islohotlarga erishishga urinishdi. Misol uchun, bir oilani boshqarish qiyin bo‘lgandek, katta bir davlatni boshqarish ham mushkul, albatta. Xususan, davlatda o‘zgarishlar bo‘lib turgan vaqtda uni boshqarish yana ham murakkablashadi. Hazratimiz ana shunday murakkab vaziyatda din peshvosi sifatida faoliyat yuritgan. O‘sha vaqtlarda qo‘shni Tojikistonda fuqarolar urushi ro‘y berayotgan edi. Afg‘onistonda ham vaziyat o‘ta notinch bo‘lgan. Sovet ittifoq bo‘linib, yangi davlatlar shakllanayotgan davr edi. Markaziy Osiyo mintaqasining o‘zi murakkab vaziyatda bo‘lgan.

Hazratni yurtni tashlab chiqib ketishlariga juda ko‘p omillar, sabablar bor edi. O‘sha vaqtdagi hukumat bilan aloqalar, yurt ichidagi musulmonlarning o‘zaro kelishmovchiliklari tez-tez sodir bo‘lib turardi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mana shu omillar sababidan hazrat o‘zlarining hayotlari uchun xavf tug‘ilganini idrok etganlar. O‘zbekistondagi musulmonlar orasida ham Tojikistondagi kabi vaziyat yuzaga kelmasligi ehtimolini o‘ylab, vatanni tark etishga majbur bo‘lgan" - deydi Ismoil Muhammad Sodiq.

MAVZUGA DOIR: Shayx Muhammad Sodiq hazratlarining Islom Karimov bilan munosabatlari qanday edi?

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан