Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qaynonalari vafot etdi
3.08.2020 15:35,  
1493

«Hilol-nashr» matbaa-nashriyoti va Islom.uz portali rahbari Ismoiljon Muhammad Sodiq va Azon.uz asoschisi Mubashshir Ahmad domlaning buvilari vafot etgani ma’lum qilindi.

"Xalqimizga ko‘plab olimu ulamolar silsilasini yetkazib bergan qutlug‘ xonadonning bekasi, shayx Ismoil Maxdum ibn Sotti Oxund Namangoniyning zavjai mutohharalari, o‘zbek elining ardoqli farzandi, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qaynonalari Saodatxon hojiya aya tabarruk yoshda, ulug‘ ayyom kunida, tashriq kunlarida foniy dunyodan boqiy dunyoga rihlat qildilar.

Alloh taolo tabarruk onaxonimizni O‘zining shomil rahmatiga, cheksiz mag‘firatiga olsin, qabrlarini munavvar aylab, oxiratlarini obod qilsin, Firdavs jannatiga doxil qilsin!" - deyiladi Islom.uz va Azon.uz jamoalarining birgalikdagi xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан