Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shu yilning o‘zida Qozog‘istonga turli mamlakatlardan 13 mingdan ortiq etnik qozoq ko‘chib kelgan
5.12.2019 16:33,  
199

2019 yil boshidan shu kungacha Qozog‘istonga O‘zbekiston, Xitoy, Mo‘ng‘uliston va Turkmaniston davlatlaridan 13 ming etnik qozoq ko‘chib kelgan. Bu haqda Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri Birjan Nurimbetov xabar berdi.

“Bu yil allaqachon 13 ming vatandoshimiz mamlakatga qaytib keldi”, dedi u “Qozog‘istonda ko‘chish jarayonlari: sabablari, jarayonlar, istiqbollar” davra suhbatida.

Qozog‘iston Sovet Ittifoqidan mustaqillikka erishganidan buyon o‘tgan vaqt davomida esa bir milliondan ortiq qozoq mamlakatga qaytib kelgan.

Ayni paytda, Qozog‘istonni har yili taxminan 20 ming kishi tark etadi, ularning 80%i Rossiyaga ko‘chib o‘tadi.

“Ketayotganlar uchun asosiy sabab – tarixiy vataniga qaytish, ta’lim olish va kelajakni o‘sha yerda ko‘rish, yaxshi hayot izlash istagidir”, deb izoh berdi vazir.

Nurimbetovning so‘zlariga ko‘ra “aqllar oqishi” – ziyoli, intelligent qatlamning xorijga chiqib ketishining oldini olish uchun “ta’limi tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish”, uning sifatini ko‘tarib, narxini boshqa davlatlardan arzonroq qilish lozim.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан