Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shuhrat hoji aka ixlosli mo‘min va mard inson edilar...
23.09.2020 10:58,  
856

"Azon TV loyihasi boshlaganda Shuhrat aka Qayumov bilan maslahatlashgan edik. U kishi kasting uyushtirish kerakligi, boshlovchi va suxandonlarni tanlab olib, o‘zlari o‘qitib berishlarini aytdilar. Allohga muhabbat va dinga ixloslarini qarangki, tanlab olingan nomzodlarni o‘zlari bir oy o‘qitib berdilar va qanchalar iltimos qilmaylik, bunga haq olmadilar.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov vafot etdi

Undan keyin ham bizdan maslahatlarini hech ayamadilar. Shuhrat aka ixlosli mo‘min edilar.

*****

Chamamda, 2015 yillar bo‘lsa kerak, tuhmat tufayli Oliy ma’had talabalaridan birining ishi sudga oshadigan bo‘ldi. Hurmati va obro‘sini o‘rtaga qo‘yib, Shuhrat aka shu yigitni qutqarib qolgandi. O‘sha paytlarda bunday jur’at va kelajagini garovga qo‘yish uncha-muncha odamning qo‘lidan kelmas edi.

Shuhrat aka mard odam edilar.

*****

Shuhrat aka bilan oxirgi so‘zlashuvimiz telefonda bo‘ldi. Undan oldin ham audio versiyasi tayyorlangan «O‘kinma» kitobini Registon TV bilan hamkorlikda o‘zlari ham qayta o‘qib, ommaga taqdim etmoqchi ekanliklarini aytib, odob bilan bunga izn so‘radilar. Bu odob oldida bajonidil rozi bo‘ldim.

Shuhrat aka odobli inson edilar.

*****

Shuhrat akaning ayrimlargina biladigan dinga xizmatlari va xolis amallari bor. Inshalloh, bunga tarix va insonlar guvoh. Alloh Shuhrat akani rahmatiga g‘arq qilsin va solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin!"

Ustoz Mubashshir Ahmad  – Azon.uz va Azon TV loyihalari asoschisi.

Shuningdek, «Hilol» nashriyot-matbaasi hamda Islom.uz portali jamoasi, O‘zbekiston musulmonlar idorasi ham oliy toifali suxandon Shuhrat hoji Qayumovning vafoti munosabati bilan chuqur va samimiy ta’ziya izhor etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан