Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryoda tibbiyot xodimlarini kaltaklagan shaxs ushlandi
9.06.2020 08:14,  
408

Avvalroq Sirdaryo viloyati Sayxunobod tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi navbatchi vrachi va navbatchi feldsheri 6 nafar shaxs tomonidan kaltaklangani haqida xabar bergan edik.

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, tyez yordam xodimlarini kaltaklagan shaxs ushlandi. 

SSV Bosh prokurordan shifokorlarni kaltaklaganlarni qattiq javobgarlikka tortishni so‘radi

Ma’lum bo‘lishicha, 3 iyun kuni soat 23:30 da Sayxunobod tumani, Do‘stlik mahallasida fuqaro A.B. ning olgan tan jarohati yuzasidan uning tanishi 27 yoshli E.N., tez tibbiy yordam bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib tibbiy yordam kerakligini so‘rab Sayxunobod tumani Do‘stlik mahallasiga kelishliklari ma’lum qilgan vaqtida, navbatchi feldsher 27 yoshli V.N. bilan o‘zaro og‘zaki ravishda tortishib qolishib, telefon orqali bir-birlarini xaqorat qilgan. 

Tez yordam guruhidagi navbatchi shifokor 28 yoshli J.O., navbatchi feldsher V.N. chaqiruv bo‘lgan joyga yetib borgan vaqtda E.N. navbatchi feldsher V.N. bilan o‘zaro tortishib qolganligi sababli uni qo‘llari hamda oyoqlari bilan tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan. Shunda, navbatchi shifokor J.O. ularni ajratmoqchi bo‘lgan vaqtida E.N. shifokorni xam qo‘llari xamda oyoqlari bilan tanasining turli joylariga urib unga tan jaroxati yetkazgan.

Natijada navbatchi feldsher V.N. va shifokor J.O., lar tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilganlar.

Mazkur holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan E.N., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, E.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov xarakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан