Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentdagi bozorda yuz bergan voqeaga oydinlik kiritdi
12.05.2020 16:03,  
725

11 may kuni ijtimoiy tarmoqlarida ​Toshkentdagi Farhod avtomobil ehtiyot qismlari bozorida tadbirkorda yuqori tana harorati aniqlanganligi sababli do‘konlar faoliyati to‘xtatilganligi haqidagi xabar tarqalgan edi.

Toshkent shahar IIBB bozor dezinfeksiya qilish va savdo joylarini sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga muvofiqlashtirilishi uchun yopilgani, tadbirkorlardan birining isitmasi borligi haqida tarqagan ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, Uchtepa tuman hokimligi matbuot xizmati ham bozor tadbirkorlardan birida yuqori tana harorati aniqlangani sabab yopilgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etgan hamda mazkur savdo qatorlarida Sanitariya kuni e’lon qilganini bildirgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligimatbuot xizmatining xabar berishicha, aslida shu kuni bozor hududiga kiraverishda o‘rnatilgan tibbiy tekshiruvlar davomida bir nafar fuqaroda yuqori harorat aniqlangan va u darhol izolyasiyaga olingan.

Koronavirusga gumon qilingan fuqaro bozor hududiga kirishga ulgurmagan. Kechaning o‘zida 1989 yilda tug‘ilgan (erkak) ushbu fuqarodan koronavirusga o‘tkazilgan diagnostik tahlil unda COVID-19 infeksiyasi aniqlanmaganligini ko‘rsatgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kunlarda mazkur bozorda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda va ularning yakuniga ko‘ra bozor ishga tushishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан