Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Soqol-mo‘ylov va uzun sochlar koronavirusda himoya funksiyasiga ega – Trixolog-shifokor
3.03.2020 17:39,  
3774

Trixolog-shifokor Olga Koxas Sputnik radioga bergan intervyusida yuqumli kasallik davrida soqol va mo‘ylovini qirish kerakmi va zarur choralar haqida o‘z fikrlarini aytdi.

Koronavirusning yangi turining dunyo bo‘ylab tarqalishi bir qator afsonalarni keltirib chiqardi. Masalan, tibbiy niqobni kiyganda, erkaklar yuzga yopishib turishi uchun soqolni qirib tashlashlari kerak degan fikrlar paydo bo‘ldi.

Bunday fikrlarga hech qanday asoslar yo‘q, deydi Olga Koxas.

“Koronavirus shunchalik maydaki, teri orqali o‘tadi. Odam kiyimsiz yursa, kasal bo‘lish ehtimoli ko‘proq.

Soqol va mo‘ylov – bu uzun sochlar, sochlar esa himoya funksiyasiga ega. Soqol va mo‘ylov — bu himoya deb, ta’kidlagan bo‘lardim”, — deb ta’kidladi shifokor.

Biroq, bu himoya faqat gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda o‘z natijasini beradi, deydi shifokor.

“Soqol va mo‘ylovni parvarish qilish kerakligini anglash kerak. Soqolni nafaqat suv bilan, balki shampunlar bilan yuvish kerak. Agar yuzdagi sochlar ostidagi toshmalar bo‘lsa, soqol ostidagi terini tozalaydigan antiseptik bilan maxsus vositalardan foydalanish kerak. Soqolni har qanday sharoitda, turli mavsumda parvarish qilish, viruslar deb qirib tashlamaslik kerak. Soqol — bu dushman, deb aytmayman. Bu yerda virus, ayniqsa koronavirusning tarqalishiga yordam bermaydi”, — dedi shifokor.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан