Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Suriya hududiga kirish: voqealar qanday rivojlanyapti?
10.10.2019 17:50,  
812

Turk qo‘shinlari havo hujumlari va quruqlikdagi harakat vositasida Shimoliy Suriyaga kirganiga ikki bo‘ldi. Harbiylar avvaldan belgilangan marralar egallab bo‘linganini bildirdi. Ayni vaqtda markaziy chegara mintaqalarida og‘ir janglar ketayotgani, oddiy aholidan 7 kishi halok bo‘lgani haqida xabarlar bor.

O‘n minglab odamlar Turkiyaning hujumi arafasida o‘z uylarini tark etgan.

Ras-al-Ayn aholisi shaharni tark etmoqda

Hujumning asosiy nishoni AQShning ittifoqchisi sanalgan Kurd quruqlik kuchlari bo‘lib, bu jarayon prezident Donald Tramp AQSh askarlarini chegara hududlardan boshqa joyga ko‘chirish haqida buyruq berganidan so‘ng boshlandi.

Turkiya o‘zining maqsadi chegara bo‘ylab Suriya ichkarisida 32 km kenglikda, 480 km uzunlikka cho‘zilgan “xavfsiz hudud” barpo etish ekanligini aytadi. U mana shu mintaqaga o‘z hududidagi suriyalik qochqinlarni o‘rnashtirmoqchi.

Turkiya barpo etmoqchi bo‘lgan "xavfsiz hudud" chegarasi shtrix chiziqlar bilan belgilangan

2019 yil 9 oktyabr, chorshanba kuni AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo “AQSh Turkiyaga Suriyada hujum boshlashi uchun yashil chiroq yoqib bergani”ni rad etdi.

Biroq Tramp matbuot anjumanida “Turklar va kurdlar asrlar bo‘yi o‘zaro urushib kelgani” haqida gapirib, “Kurd jangchilari bizga Ikkinchi Jahon urushida yordam bermagan, ular Normandiyaga qo‘shin tushirganimizda ko‘maklashmagan” dedi.

“Shunday bo‘lsa ham biz kurdlarni yaxshi ko‘ramiz”, deb qo‘shimcha qildi u.

AQSh Kongressidagi respublikachilar ham, demokratlar ham Amerika qo‘shinlarining Suriyaning chegara hududlaridan boshqa joylarga ko‘chirilishini tanqid qildi.

Hujum boshlanganidan buyon nimalar bo‘lyapti?

Kurd manbalariga ko‘ra Ras-al-Ayn va Tal-Abyad shaharlari orasida keng ko‘lamli hujum boshlangan. Turkiya qo‘llab-quvvatlaydigan Ozod Suriya Armiyasi jangchilari ham ushbu hujumda qatnashyapti. Bu hududda aholi kam bo‘lib, ularning ham aksarini arablar tashkil qiladi.

Turkiya qo‘llab-quvvatlab kelgan Ozod Suriya Armiyasi jangchilari ham hujumda ishtirok etyapti

Ras-al-Ayn bir necha bor havo hujumiga tutilgan. Guvohlar shahar osmonida harbiy samolyotlar uchib yurgani va artilleriya ham ishga solingani haqida aytgan.

Turkiya Mudofaa vazirligi Tvitterda “amaliyot yerda ham, havoda ham muvaffaqiyatli davom etayotgani” haqida aytgan. Tal-Abyadning sharqidagi bir nechta qishloqlar qo‘lga kiritilgani haqida xabar bor.

Kurd Qizil xoch tashkiloti tinch aholidan kamida 7 kishi halok bo‘lgani, ulardan ikki nafari bolalar ekani, yana 19 kishi jarohatlanganini aytgan.

Turkiya-Suriya chegarasidagi asosiy aholi punktlari

Yashash joyidan ko‘chirilganlarning aniq soni ma’lum emas. Ammo kurd manbalari “o‘n minglab kishilar o‘z uylarini tashlab chiqqani”ni yozgan.

Kurd rasmiylari umumiy safarbarlik e’lon qilgan, aholini “Turkiya bilan chegaraga borish va bu nozik, tarixiy lahzada qarshilik ko‘rsatishga” undagan.

YPG – Xalq Himoyasi Bo‘linmalari Suriya shimoli-sharqidagi eng yirik harbiy kuch sanaladi

Kurd quruqlik kuchlari qanday qarshilik ko‘rsatishi mumkin?

Suriya Demokratik Kuchlari (SDF) nomi bilan ma’lum kurd quruqlik kuchlari tarkibida 40 000 kishi atrofida jangchi bo‘lib, yana o‘n minglab kishilar kurd xavfsizlik xizmatlarida ishlaydi.

AQSh Iroq va Suriyada IShIDga qarshi amaliyotlarda kurd quqrulik kuchlari bilan hamkorlik qilar ekan, ularni “asosiy harbiy tayyorgarlikka ega kuchli jangchilar” deya ta’riflagan edi.

Biroq ular tank yoki samolyotlarga qarshi qo‘llanadigan og‘ir qurollarga ega emas. Faqat ba’zi bo‘linmalarda tankka qarshi raketalar bor.

IShIDga qarshi amaliyotlarda ular havodan ittifoqchilarning madadini olib turgan, biroq hozir Suriyanng shimoliy chegarasidagi ochiq hududlarda qaqshatqich havo va artilleriya hujumiga uchrashlari tayin.

2019 yil oktyabriga kelib Suriyadagi kuchlar nisbati

Turkiya nima istaydi?

Turkiya amaliyotdan maqsad “chegarada terrorchilik yo‘lagi yuzaga kelishiga to‘sqinlik qilish va kurd jangarilaridan xoli bo‘lgan xavfsiz hudud barpo etish” ekanini aytadi. U mana shu hududga hozirda Turkiyada yashayotgan qochqinlarning deyarli yarmini – ikki millon kishini joylashtirmoqchi.

Biroq tanqidchilar bu amaliyot Shimoliy Suriyadagi mahalliy kurd aholisiga nisbatan “etnik tozalash” bo‘lishi, 300 000 kishini o‘z yashab turgan joyidan ko‘chishga majbur qilib, IShIDning qaytadan jonlanishiga imkon berishi haqida aytadilar.

Turkiya esa SDF’ning asosiy kuchi bo‘lgan Shimoliy Suriyadagi YPG kurd harbiy tashkilotini Kurdiston Ishchi Partiyasining bir qanoti deb hisoblaydi.

Bu vaziyat IShIDga qanday ta’sir qiladi?

SDF ayni paytda 7 ta qamoqxonada 12 000 dan ortiq IShID a’zolarini asirlikda ushlab turganini, ularning kamida 4 000 nafari xorijlik ekanini aytadi. Bu qamoqxonalarning aniq manzili ma’lum emas, ammo ba’zi xabarlarga ko‘ra ular Turkiya bilan chegara yaqinida joylashgan.

Suriya shimolidagi qochqinlar lagerlari va ularda yashayotganlar soni

IShID jangchilarining oila a’zolari jamlangan ikki lager – Roj va Ayn Issa joylashgan yerlar ham Turkiya barpo etmoqchi bo‘lgan “xavfsiz hudud” ichiga kiritilgan.

Chegarada janglar boshlanar ekan, kurdlar buyog‘iga ham IShID jangchilari saqlanadigan qamoqxonalarni qo‘riqlaydimi, yo‘qmi, hozircha noma’lum.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан