Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Surxondaryolik erkak O‘zbekistonga qurol olib o‘tishga urindi
15.07.2019 13:25,  
20

Bojxona xodimlari tomonidan qurol-yarog‘larni noqonuniy olib o‘tish bilan bog‘liq navbatdagi qonunbuzilish holati fosh etildi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Gulbahor” chegara bojxona posti orqali harakatlanayotgan fuqaro P.V. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Mazkur fuqaroning qo‘l sumkasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda uning sumkasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan hamda bojxona xodimlariga ma’lum qilinmagan “Makarov” pnevmatik to‘pponcha hamda 2 dona kislorod balonchalik patronlari borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан