Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyadagi bankomatlarda o‘zbekcha va tojikcha menyular paydo bo‘ldi
5.12.2019 17:28,  
268

Rossiyaning Sberbank davlat bankiga qarashli bankomatlarning 80 %dan ortig‘i o‘zbek va tojik tillarida xizmat ko‘rsatishni boshladi, deb xabar bermoqda Vedomosti.

“Naqd pul olish, hisobdagi pul-mablag‘larni tekshirish hamda mobil aloqa vositalariga to‘lovlar kabi xizmatlar bu tillarda ham taklif etilmoqda”, - deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.

Bundan tashqari, bank ofislarida xorijiy fuqarolar orasidagi mashhur moliyaviy mahsulotlar, masalan debet karta kabi, taqdimotlari ingliz, o‘zbek va tojik tillarida o‘tkaziladi.

“Xorijiy fuqarolar bank mahsulotlari va xizmatlaridan faol tarzda foydalanishadi. Biz xizmatlarimizni mijozlarning ona tillarida taklif qilinishi ular va bank orasidagi munosabatlarni yanada yaqinlashtirishini angladik”, - dedi Sberbankning “Maxsus yechimlar” divizioni direktori Aleksandra Altuxova.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан