Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tashqi ishlar vazirligi Turkiyaga ketayotgan va u yerda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga muhim eslatma bilan chiqdi
14.09.2019 17:15,  
193

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada bo‘lib turgan yoki Turkiyaga bormoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga maxsus eslatma bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, oxirgi paytlarda Istanbul shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjat – pasportga oid muammolar soni keskin ko‘paydi. Bu muammolar asosan fuqarolarning pasportni o‘g‘irlatishi, yaroqsiz holatga keltirilishi, garovga berishi, yo‘qotib qo‘yishi va amal qilish muddatini o‘tkazib yuborishi tufayli kelib chiqmoqda.

Ushbu muammolarni o‘z vaqtida bilan hal qilishda Bosh konsulxona tomonidan fuqarolarga tegishli huquqiy-konsullik yordamlar ko‘rsatilib, ularga vatanga qaytish sertifikatlari o‘rnatilgan muddatda rasmiylashtirib berilayotgani aytiladi.

Ma’lum qilinishicha, 2019 yilning 1 yanvaridan 1 sentyabriga qadar bo‘lgan muddat davomida Bosh konsulxona tomonidan 1328 nafar fuqaroga vatanga qaytishda amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Ulardan:

- 671 nafari pasportini yo‘qotgan;
- 44 nafari o‘g‘irlatgan;
- 263 nafarida pasportning amal qilish muddati o‘tib ketgan;
- 6 nafaridan Turkiya huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan turli tergov yoki pasportdagi soxta muhrlarni aniqlash maqsadida olib qo‘yilgan.

Bundan tashqari, 314 ta sertifikat Turkiyada tug‘ilgan yoki ketishga hujjati mavjud bo‘lmagan bolalarga va 57 tasi esa boshqa sabablar uchun rasmiylashtirib berilgan.

Bildirilishicha, pasport o‘g‘irlansa yoki yo‘qolsa, fuqarolar bu haqida ariza bilan huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilishlari lozim. O‘z navbatida, vakolatli idoralar pasport o‘g‘irlangani yoki yo‘qolgani to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi.

Ushbu muammoni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, aksar vatandoshlar o‘zlarining Turkiyada noqonuniy yurganligi sababli pasport o‘g‘irlangani yoki yo‘qolgani haqida politsiyaga murojaat qilmaydi. Ular Bosh konsulxonaga pasporti yo‘qolgan shaxs sifatida murojaat etishadi. Ta’kidlanishicha, pasport o‘g‘irlangani yoki yo‘qolgani to‘g‘risida politsiyaga o‘z vaqtida murojaat qilish kelajakda fuqaro pasporti bilan bog‘liq ehtimoliy muammolardan (jinoiy guruh a’zolari o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanishlari mumkin) asraydi.

Asosan pasportni o‘g‘irlatish yoki yo‘qotish holatlari Istanbul shahrining Fotih tumani hududi (sayyohlar va tadbirkorlar ko‘p keladigan Lalili, Oqsaroy, Qumkapi va Boyazit mavzelari)da ko‘p ro‘y bermoqda.

Bundan tashqari, fuqarolarning o‘z pasportlarini o‘zgalarga garov sifatida berib, Bosh konsulxonaga hujjatini yo‘qotgan shaxs sifatida murojaat qilish holatlari ko‘paymoqda. Pasportlarini garovga qo‘yib, Vatanga qaytish guvohnomasi bilan O‘zbekistonga ketganlar ustidan shikoyat arizasi bilan murojaatlar qilinmoqda va ularning garov evaziga olgan qarzlarini qaytarishlari talab qilinmoqda. Bu kabi holatlarda Bosh konsulxona vaziyatga aniqlik kiritish va tegishli choralar ko‘rish uchun shikoyat arizasini rasmiylashtirib, O‘zbekistonning huquqni muhofaza qiluvchi idoralar manziliga yubormoqda.

Shu bilan birga, fuqaroning e’tiborsizligi tufayli pasportlarni amal qilish muddati o‘tib ketish holatlari ham ortib borayotgani kuzatilmoqda. Bosh konsulxonaga e’tiborsizligi tufayli pasportining amal qilish muddati 5 - 7 yil oldin tugagan fuqarolar ham murojaat qilgan.

Shu munosabat bilan eslatilishicha, pasportni asrash - qonun talabi. Pasportni beparvolik bilan yo‘qotish EKIHning 1/2 qismidan 3 baravarigacha miqdorida jarima solishga asos bo‘ladi (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasi, 1-qismi). Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan yoki u bu yerga kelmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini o‘z shaxsini tasdiqlovchi fuqarolik pasportlarini asrab-avaylashga va undagi amal qilish muddatiga e’tiborli bo‘lishga chaqirgan.

«Qadrli vatandoshlar! Elchixona va Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan fuqarolarimizning qonuniy huquqlarini himoya qilish borasida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Zarur holatlarda fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining Anqara shahridagi elchixonasi konsullik bo‘limiga (+90312 441-17-46, E-mail: [email protected], faks:+90 312 442 70 58) yoki Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari mumkin (+90 212 323-20-37, faks:+90 212 312 20 40, E-mail:[email protected])», - deyiladi ma’lumotda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан