Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






The Telegraph: O‘zbekiston dunyoning eng sarguzashtbop joyi
19.01.2020 16:01,  
244

Buyuk Britaniyaning The Telegraph nashri sarguzashttalab sayyohlar borishi tavsiya etiladigan 50 ta eng yaxshi turistik yo‘nalishlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan O‘zbekiston joy olgan.

“Sayohat faqatgina Everestni zabt etish yoki Nil bo‘ylab piyoda sayr qilish degani emas. Bu biroz noodatiylik va jur’at bilan boshlanadi. Va ehtimol bu yo‘l topib bo‘lmaydigan va radarlarda ko‘rinmaydigan masofalarga ketishni talab qilsa-da, ba’zan “komfort zona”dan chiqib turishga to‘g‘ri keladi”, - deb boshlanadi maqola.

The Telegraph O‘zbekistonga bahorda, Navro‘z bayramida tashrif buyurishni tavsiya qiladi.

“O‘zbekiston shiddat bilan rivojlanmoqda. Joanna Lumlining hamda yaqinda soddalashtirilgan viza talablari sharofati bilan u yerga tashrif buyuruvchilar soni ortmoqda. Shu boisdan ham Lumlining telesayohat dasturi – «Ipak yo‘li sarguzashtlari» mutaxassislari Navro‘z bayramidagi O‘zbekistonni namoyish qildilar. Bu bahoriy festival turistlarga o‘zbeklar hayoti haqida chuqur tasavvur beradi. Navro‘z sayohati Xiva, Buxoro va Samaqand kabi hayratomuz joylarni o‘z ichiga oladi. Sayohat davomida shu yerlik oilalar bilan tushlik qilish, elit toifa restoranlarda ovqatlanish, an’anaviy yog‘och o‘ymakorligi va kulolchilik ustalari hamda zamonaviy dizaynerlar ishini kuzatish, so‘yilgan echki bilan ot ustida o‘ynaladigan shiddatli o‘yin – ko‘pkarini tomosha qilish ham mumkin», – deyiladi maqolada.

Shuningdek, nashr 11 kunlik £3550 dan boshlanadigan Navro‘z sayohatini tavsiya qiladi. Ushbu xarajatlar turar joy hamda ovqatlanishni qoplaydi va u 2020 yilning 14 martidan boshlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан