Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent aeroportida katta portlash bo‘lishini aytgan fuqaro ustidan surishtiruv ishlari boshlandi
31.10.2019 21:55,  
1149

29 oktyabr kuni Toshkentning Mirobod tumanida joylashgan «Evro Uborka» MChJga shubhali qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Bu haqda «Postda» nashri xabar berdi.

«Bu ichki ishlar bo‘limimi? Menga aeroportdagi ichki ishlar bo‘limining telefon raqami kerak. Muhim gapim bor edi. Yaqinda aeroportda katta portlash bo‘ladi, shuni aytishim kerak edi». Noma’lum shaxs shu so‘zlarni aytib, telefon go‘shagini qo‘yib qo‘ygan.

Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari natijasida ichki ishlar bo‘limiga emas, korxonaga qo‘ng‘iroq qilgan shaxsning kim ekani aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, uyali telefon orqali qo‘ng‘iroq qilgan bu shaxs Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan fuqaro ekan. U telefon qilgan paytida mast bo‘lgan.

Ayni vaqtda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан