Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentda hayotni yana jonlantirish maqsadida yoshlar festivali o‘tkazilishini e’lon qildi
5.11.2020 04:13,  
239

Jahongir Ortiqxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, mazkur festival yoshlar uchun madaniy hordiq chiqarish bilan birga, ularni hokimiyat bilan bog‘lovchi muhim tadbirlardan biri bo‘ladi.

«Prezidentimiz pandemiya davrida yashashga, ishlashga o‘rganishimiz kerak, deb ko‘p marta aytadilar. Covid qachon ketadi, qachon bu kasallikdan qutulamiz, bu yolg‘iz xudoga ayon. Bu yil yozi bilan yoshlarimiz uyda o‘tirdilar. Hech qanday tadbirlar tashkil qilinmadi. Karantin ko‘pchilik yoshlarimizga salbiy ta’sir qildi.

To‘g‘ri, pandemiya davom etyapti, lekin juda ham chuqur himoyalanaversak, hayotimiz qorong‘ilashib ketadi. Ayniqsa, yoshlarimizga qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ular jiddiy bir harakatga loyiq deb o‘ylayman. Albatta, bunda pandemiya sharoiti hisobga olinadi.

Eski hayotni sekin-asta yo‘lga qo‘yishimiz kerak, degan qarorga keldik. Toshkentda hayotni yana jonlantirish, yoshlarni faollikka boshlashni maqsad qilganmiz. Juda katta dasturlar tayyorlaganmiz. Har bir kuningiz mazmunli o‘tishiga ishonamiz.

Festivalda tadbirkorlar, obro‘li spikerlar biznes, psixologiya va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha yoshlar bilan muloqotlar o‘tkazishadi. Hammasi bepul bo‘ladi», – dedi u.

Shahar hokimi qabul kunlarida yoshlar uchun ko‘proq vaqt ajratishini aytdi.

«Ularning muammolarni imkon darajasida hal qilish, yoshlarga yo‘l ko‘rsatish hamda ularning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida qanday yordamimiz kerak bo‘lsa, oz bo‘lsa ham shu oyda ularga ko‘maklashamiz, degan umiddamiz. Ya’ni hokimiyat bilan yoshlarni bir-biriga bog‘lovchi kuchni rivojlantirmoqchimiz.

Men yoshlarni hokimiyat bilan bir diapazonda gaplashishlarini, bir-birlarini tushunishlarini, xuddi bir oiladek harakatda bo‘lishlarini chin dildan xohlayman. Shuning uchun biz barcha kuchlarimizni ishga solamiz.

To‘g‘ri, xodimlarimiz kam. Imkoniyatlar chegaralangan. Lekin imkon darajasidan ortig‘ini qilamiz, kamini qilmaymiz. O‘ylaymanki, hokimiyat yoshlarning eng sevgan uyiga, eng sevimli davlat idorasiga aylanadi», – dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Ma’lum qilinishicha, festival texnologiyalar, ta’lim, sport va madaniyat kabi to‘rt yo‘nalishda o‘tkaziladi. Tadbirlarda 500 ming nafarga yaqin yoshlarni qamrab olish rejalashtirilgan.

Oylik doirasida mahorat darslari, badiiy ko‘rgazmalar, ta’lim va sport tadbirlari, konsertlar, poytaxt bo‘ylab sayohat, turli tanlov hamda fleshmoblar bo‘lib o‘tadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан