Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 10 mingdan ortiq talabalarga mo‘ljallangan xalqaro universitetning qurilishiga tamal toshi qo‘yildi (foto)
17.09.2020 15:50,  
701

Bugun Toshkentning Sergeli tumanida "Minerva World of Knowledge" xalqaro universiteti qurilishi uchun tamal toshi qo‘yildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Ushbu marosimda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, "Minerva World of Knowledge" loyiha rahbari Murali Lal Jalan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘ktam Salomov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

Tadbirda xorijiy investorlar loyiha taqdimotini ham o‘tkazdi. Ma’lum qilinishicha, bu yerda 10 000 dan ziyod talabaga mo‘ljallangan, xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlovchi universitet quriladi.

Asosiy bino 2021 yilning sentyabrida qurib bitkaziladi va keyin 5 yil davomida boshqa kampuslari, sport majmuasi, kutubxonasi va talabalar turar joylari bunyod etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан