Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda nogiron shaxsni avtobusga chiqarmagan haydovchilar jazolandi
28.02.2019 14:14,  
2

Toshkentning Shimoliy vokzal bekatida nogiron shaxs 62 hamda 13t-yo‘nalishida qatnovchi avtobusga chiqmoqchi bo‘lgan. Haydovchilar esa pandus ochilmayotganini bahona qilib, yo‘lovchini olmagan.

2019 yilning 20 fevral kuni bo‘lgan voqea norozilikni keltirib chiqargan. Mazkur holat “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati tomonidan o‘rganilib, ushbu haydovchilar 10 kunlik xo‘jalik ishlariga o‘tkazilgan.

Kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida haydovchilardan kafolat xatlari olingan. Ularga pandusni ishlatish bo‘yicha amaliy seminarlar tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, haftaning har juma kunida “Toshshahartransxizmat” AJ va uning tarkibidagi korxonalarda xizmat mashinalaridan foydalanish taqiqlangandi. Shu kuni barcha rahbarlar va boshqa xodimlar o‘zlariga ajratilgan xizmat avtomobillaridan foydalanmagan holda jamoat transportida ishga kelishi va kun davomida ehtiyojga qarab jamoat transportidan foydalanishi kerak edi.

Hozirgacha biror rahbarning jamoat transportlaridan foydalanganligi xususida xabarlar berilmadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан