Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda piyodalar va velosipedchilar uchun 656 kilometrlik yo‘laklar quriladi
30.06.2020 11:32,  
84

Avval xabar qilganimizdek, «Toshkent shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi:

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda bir oylik muddatda 2020-2030 yillarga Toshkent shahrining yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Toshkentdan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosining sohillari toraytiriladi va bo‘shagan yerlar sotiladi

Shuningdek, Toshkent shahar hokimligining:

Toshkent shahrining Bektemir va Sirg‘ali tumanlarining hududlaridan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining 16 kilometrlik qismini 65-80 metrgacha toraytirish va toraytirish natijasida hosil bo‘lgan bo‘sh yer maydonlarini elektron auksion orqali sotish;

umumiy uzunligi 656 kilometr bo‘lgan piyodalar va velosipedlar yurish yo‘llarini qurish haqidagi takliflari ma’qullanadi.

Moliya vazirligi Toshkent shahar hokimligiga mazkur loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun 2023 yilgacha muddatga 1 trln.so‘m foizsiz ssuda ajratadi.

Ssudani so‘ndirish manbalari etib:

ushbu bandning ikkinchi xatboshida ko‘zda tutilgan loyiha bo‘yicha elektron auksion orqali yer maydonlarining sotilishidan kelib tushgan mablag‘lar;

ushbu bandning uchinchi xatboshida ko‘zda tutilgan loyiha bo‘yicha respublika byudjeti va Toshkent shahrining mahalliy byudjetining teng ulushdagi mablag‘lari hisobiga belgilanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан