Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda ulkan daraxt qulab, yettita mashinani pachoqladi (foto)
24.04.2019 18:01,  
15

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi kuchli yomg‘ir va uning oqibatlari aks etgan suratlar va videolar tarqalishda davom etmoqda.

Foydalanuvchilar Toshkentda kuzatilgan kuchli yomg‘ir sabab markaziy ko‘chalardan birida harakatlanayotgan avtomobillar ustiga daraxt ag‘darilishi aks etgan suratlar bilan o‘rtoqlashdi.

Огромные деревья повалило в Ташкенте

Ana shunday holatlardan biri Xalqaro Vestminster universiteti yonida suratga olingan.

Огромные деревья повалило в Ташкенте

Kuchli yomg‘ir natijasida daraxt ildizidan qo‘parilib, mashinalar ustiga qulab tushgan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, yettitaga yaqin mashina abgor holatga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentni yana suv bosdi. Shahar aholisi hattoki yo‘lkalardan o‘tishning iloji yo‘q ekanligi aytib, o‘z noroziliklarini bayon qilishdi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, suv toshqinlarining sabablaridan biri bu drenaj tizimlariga tashlangan chiqindilardir.

Hokimlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, 40 dan ortiq hududida yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilib, ushbu tadbirlar uchun 50 dan ortiq maxsus texnikalar jalb etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан