Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi ko‘chalardan biri rekonstruksiya qilinishi doirasida 8 ta avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritilyapti
24.09.2020 11:22,  
168

Toshkent shahridagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida 8 ta avtobus yo‘nalishlari harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda Toshshahartransxizmat AJ xabar berdi.

1). Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Nukus ko‘chasidan Sayxun ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 2020 yil 24 sentyabrdan boshlab avtomobillar harakati uchun bir tomonlama yopish bo‘lishi munosabati bilan, ushbu oraliqda harakatlanuvchi 7 ta avtobus yo‘nalishlariga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi:

12 va 81-sonli avtobus yo‘nalishlarining Qo‘yliq bozori tomon harakati Nukus ko‘chasidan Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8 mart, Sayxun va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali o‘zgartiriladi;

26 va 37-sonli avtobus yo‘nalishlarining shahar markazidan qaytish yo‘nalishidagi harakati T.Shevchenko ko‘chasidan Nukus, Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8 mart, Sayxun va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali o‘zgartiriladi;

68 va 93-sonli avtobus yo‘nalishlarining Qo‘yliq bozori tomon harakati Istiqbol ko‘chasidan Nukus, Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8 mart, Sayxun va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali o‘zgartiriladi;

2). Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Uysozlar ko‘chasiga burilish yopilganligi sababli, ushbu chorraha orqali harakatlanuvchi 2 ta avtobus yo‘nalishlariga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi:

12 va 68-sonli avtobus yo‘nalishlarining shahar markazidan qaytish yo‘nalishidagi harakati Farg‘ona yo‘li, Jarqo‘rg‘on, Izzat, Uysozlar-2, Uysozlar ko‘chalari orqali keyingi harakatlari o‘z yo‘nalishlarini davom ettirgan holda vaqtinchalik o‘zgartiriladi;

3). Yangi Qo‘yliq ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga chiqish yopilganligi sababli, ushbu chorraha orqali harakatlanuvchi 2 ta avtobus yo‘nalishlariga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi:

37 va 55-sonli avtobus yo‘nalishlarining shahar markazi tomon harakati Yangi Qo‘yliq ko‘chasidagi «2-oilaviy poliklinika» bekatidan so‘ng Fayziobod 9-tor, Fayziobod, Fayziobod 4-tor, Beshkent, Oqbilol 4-tor, Oqbilol ko‘chalari, Farg‘ona bozori ko‘prik osti yo‘li, Farg‘ona yo‘li-Jarqo‘rg‘on ko‘chalari chorrahasi, Farg‘ona bozori ko‘prik yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali keyingi harakatlari o‘z yo‘nalishlarini davom ettirgan holda vaqtinchalik o‘zgartirildi.

Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi rekonstruksiya ishlari doirasida avtobus yo‘nalishlari harakatiga kiritilgan vaqtinchalik o‘zgartirishlar to‘g‘risida umumiy chizma

 

Yo‘nalishlar harakatiga kiritilayotgan vaqtinchalik o‘zgartirishlar natijasida, yo‘nalishlardagi qatnov vaqtlari va avtobuslarning oraliq interval vaqtlari amaldagi vaqtlardan ortishi mumkin.

Ko‘cha-yo‘l tarmoqlarida avtomobillar harakatining vaqtinchalik cheklanishi holatlariga ko‘ra, yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz" - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан