Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentning Bektemir va Yashnobod tumani hokimlari lavozimlaridan ozod qilindi
24.08.2020 15:17,  
691

Toshkent shahar Bektemir tumani hokimi Shohrux Baxtiyorov Mamajonov lavozimidan ozod qilindi. Sektor rahbarlari — prokuror, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i ham lavozimlarini tark etdi. Bu haqda «Gazeta.uz» o‘zining hukumatdagi manbalariga tayanib xabar bermoqda.

21 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda tumanda ishsizlik darajasi 3,3 foiz, shu jumladan, ayollar orasida 1,7 foiz, yoshlar o‘rtasida 1,5 foiz ekani qayd etildi. Maktabgacha ta’lim muassasalari yetishmasligi, qator mahallalarda ichki yo‘llar holatining yomonligi, kommunal tizimlarda ham kamchiliklar borligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shohruh Mamajonov Bektemir tumanida 2018 yil iyuldan buyon rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Bundan tashqari, nashrning hukumatdagi ikki axborot manbasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yil iyuldan buyon Yashnobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Xojiakbar Kamoliddinovich Tillashayxov ham vazifasidan chetlashtirildi.

Xojiakbar Tillashayxov. Foto: Yashnobod tuman hokimligi.

Yaqin vaqtlarda Toshkentning Sergeli, Yashnobod va Bektemir tumanlariga yangi hokimlar tayinlanishi kutilmoqda. Ushbu tumanlar rahbarligiga nomzodlar orasida Toshkent hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Elbek Shukurov ham bor.​

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан