Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turk kompaniyasi chiqindidan energiya olish loyihasiga $40 mln. sarmoya kiritmoqda
12.06.2020 12:59,  
105

Turkiyaning Çalık Enerji kompaniyasi Namangandagi maishiy chiqindilarni elektr energiyasiga aylantirish loyihasiga 40 million dollar sarmoya kiritadi, deya xabar beradi O‘zA.

Çalık Enerji vakili Go‘kxan Kuchuk Namangan viloyati investitsiya va tashqi savdo boshqarmasida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Turkiyalik investor Chust, Norin, Uychi tumanlari va Namangan shahrida joylashgan chiqindi poliqonlariga tashrif buyurib, viloyat "Suvoqava" DUK, "Namangan hududiy elektr tarmoklari" OAJ, "Hududgaz Namangan" DUK va "Toza Hudud" DUKning viloyat boshqarmasi vakillari bilan uchrashdi.

Loyiha Namangan shahridagi chiqindi poligonida amalga oshiriladi va 15 MVtgacha elektr energiyasini ishlab chiqaradi.

Çalık Holding'ning bir qismi bo‘lgan Çalık Enerji 1981 yilda tashkil topgan. U energetika, qurilish, konchilik, to‘qimachilik, moliya, telekommunikatsiya va raqamli sohalarda ishlaydi. U Markaziy Osiyo, Bolqon, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi 22 mamlakatda loyihalarni amalga oshiradi. Holdingda 25 ming xodim ishlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан