Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiya o‘zbekistonlik avtotashuvchilar uchun kirish vizasini bekor qildi
15.05.2019 13:23,  
6

Turkiya O‘zbekiston avtotashuvchilari uchun 30 kun muddatga vizasiz kirish tartibini joriy qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidentining Turkiya Respublikasiga tashrifi chog‘ida 2017 yil 25 oktyabr kuni imzolangan “Yo‘lovchi va yuklarni avtomobillarda xalqaro tashuvlar to‘g‘risida”gi hukumatlararo bitimni amalga oshirish doirasida Turkiya hukumati tomonidan O‘zbekiston avtotashuvchilari uchun Turkiyaga 30 kun muddatga vizasiz kirish tartibi joriy qilingan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 9 may kuni tegishli qarorga imzo chekdi va u 2019 yilning 10 mayidan qonuniy kuchga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil oktyabr oyida Rajab Toyib Erdo‘g‘onning taklifiga binoan Turkiyaga davlat tashrifi bilan keldi. O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Toyib Erdo‘g‘on o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar yakunida ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikning turli sohalariga doir 20 dan ziyod hujjat imzolandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан