Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiya yana bir cherkovni masjidga aylantirmoqda
22.08.2020 13:35,  
471

Turkiya hukumati mashhur Muqaddas Najotkor cherkovi joylashgan Istanbuldagi Chora monastirini masjidga aylantirishga qaror qildi. Qaror hukumat gazetasida e’lon qilindi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Ayo Sofiya singari ushbu monastir binosi ham YuNESKOning Butunjahon merosi ob’yekti hisoblanadi. U Istanbulning Fotih tumanida joylashgan.

Monastir VI asrda, eramizning 534 yilda qurilgan. Bu Istanbuldagi eng qadimiy tarixiy obidalardan biri. Bino, Ayo Sofiya singari, 1511 yilda turklar Konstantinopolni zabt etgandan Qahriye masjidiga aylantirilgan.

Chora monastiri 434 yil davomida masjid sifatida ishlatilgan va vazirlik qarori bilan 1945 yilda muzeyga aylantirilgan.

Turkiyaning eng yuqori ma’muriy sudi - Davlat kengashi, vazirlikning 1945 yildagi binoni muzeyga aylantirishga olib kelgan qarori noqonuniy deb hisoblab, uni 2019 yilda masjidga aylantirishga qaror qildi. Davlat kengashining qarori prezident farmoni chiqqunga qadar amalga oshirilmagan. 

"Bu imperator Komnen davridagi Vizantiyaning eng ajoyib timsollaridan biri bo‘lib, u o‘zining ajoyib freskalari bilan tanilgan. U Ayo Sofiya singari tartib-qoidalarga binoan masjidga aylantirilmoqda. U Diniy ishlar idorasiga topshiriladi va cherkovni masjidga aylantirish uchun Vizantiya freskalari yopilishi kutilmoqda", deyiladi ERT telekanali xabarida. 

2020 yil iyul oyida dunyoga mashhur YuNESKOning Umumjahon merosi ob’yekti bo‘lgan Istanbulgi Ayo Sofiya muzeyi masjidga aylantirilgan edi.

Ayo Sofiyada 86 yildan so‘ng ilk juma namozi – Erdog‘an Qur’on tilovat qilmoqda (foto+video)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан